AsosiyShou-biznes

Toir Qo`ziev “Sato”ni tark etdi(mi)?

 O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Toir Qo`ziev boshchiligidagi “Sato” guruhi bir necha yillar davomida milliy mumtoz musiqamizning nodir durdonalarini tinglovchilar yodiga solishga katta hissa qo`shibkeldi...

Kuni kecha esa “Guruh ajralibdi”, degan xabar tarqaldi. Eshitishimizcha, guruh vakillari O`tkir Qodirov va Baxtiyor Qobilov “Sato”ni tark etishgan. Yodingizda bo`lsa, Baxtiyor Qobilov avval “Nola” guruhida ham ijod qilgandi. Ayni mazkur masala yuzasidan O`tkir Qodirovga murojaat qildik. — Tarqalgangan gap-so`zlar qisman haqiqatga yaqin. Lekin biz emas, Toir Qo`ziev “Sato” guruhini tark etdi. Men va Baxtiyor Qobilov hali ham “Sato” guruhidamiz, ammo bu masala hali oxirigacha echimini topmadi, – deydi sozanda.

Guruh yakkaxoni Toir Qo`ziev ayni damda Germaniya safarida bo`lgani sabab, tarqalgan gap-so`zlarga munosabatini bila olmadik. Balki Toir Qo`ziev 18 fevral kuni mamlakatimizga qaytib kelgach, hammasi oydinlashar...

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar