Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ko‘ra, soat 12:15 da Bunyodkor shoh ko‘chasidagi restoran tom qismi yonayotgani haqida xabar kelib tushgan.
Qutqaruv ekipajlari manzilga soat 12:22 da yetib borgan va yong‘in 12:27 da to‘liq o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan.
Shuningdek, rasmiy ma’lumotda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandek, yong‘in 9 qavatli uy tomida emas, restoran oshxonasidagi dudburonda sodir bo‘lgani aytildi.






