15.02.2014 17:37
Buyuk Britaniyada shtorm oqibatida ikki kishi halok bo`ldi
Meteorologlar bergan ma`lumotiga ko`ra, shamol 129 kilometr soatiga esmoqda.
London markazida kuchli shamoldan binoning lepkasi 49 yoshli ayol bo`lgan mashinaning ustiga tushishi oqibatida halok bo`ldi. Shuningdek, to`lqin La-Manshe kruiz kemasiga bergan zarbasidan so`ng 85 yoshli qariya vafot etgan.
Bi-bi-si xabar qilishicha, 140 mingga yaqin uy elektr energiyasisiz qolmoqda. Suv toshqinlari esa ahvolni yanada qiyinlashtirmoqda.
Britaniyada kuchli shamol va yomg`ir o`tgan yilning noyabr oyidan beri to`xtamayapti. Bu tabiiy ofat mamlakatning ko`p qismida suv toshqiniga olib kelishi bilan birga, bir necha kishining umriga zomin bo`ldi.