AsosiyShou-biznes

Jumaniyozova tavallud kunini hamkasblari davrasida nishonladi! (FOTOREPORTAJ)

«Nihol» mukofoti sovrindori Feruza Jumaniyozovaning «Zang-zangi» qo`shig`ini tinglab, beixtiyor unga qarsak urib raks tushmagan kishi kamdan kam topiladi.

San`at osmonida birdan porlab, so`ng oila qurgani sabab ancha vaqt tanaffus qilgan Jumaniyozova o`tgan yildan boshlab biroz ko`rinish berishni boshlagan edi. Kecha 14 fevral kuni Feruza Jumaniyozova tavallud ayyomi munosabati bilan san`at vakillari, do`stlari va yaqinlarini bir dasturxon atrofiga jamladi. "O`zbekiston" mehmonxonasida bo`lib o`tgan kechada O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Uchqun Tillaev, Dilnoza Ismiyaminova, xonandalar Botir Qodirov, Farhod Saidov, Asilbek Negmatov, Manzura, Munisa Rizaeva, Nilufar Usmonova va boshka ko`plab o`zbek shou biznesining taniqli vakillari mehmon bo`lishdi. «Ham oilada, ham san`atga baxtini topgan san`atkor». Bu ta`rifni Feruzani qutlab kelgan mehmonlarning barchasidan eshitish mumkin edi. Biz ham xonandani tavallud kuni bilan «Darakchi» gazetasi va sayti tahririyati xodimlari nomidan chin ko`ngildan qutlab, ham ijodda, ham oilada ulkan BAXT tilab qolamiz. 

















    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar