AsosiyDunyo

JARda yuzlab konchilar shaxtada qolib ketishdi

Yoxannesburg yaqinidagi tashlandiq shaxtada 200 dan ortiq konchilar qamalib qoldi. 

Noqonuniy ishlayotgan konchilarga yordamga etib kelgan qutqaruvchilar 30 kishidan iborat bo`lgan guruh bilan aloqaga chiqishdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Konchilar hech qanday hujjatsiz shaxtada oltin qazib olish bilan shug`ullangan. Shaxtani toshlar bosib qolishi oqibatida ular tashqari hayotdan uzilib qolishgan.  

Ishchilar orasida jarohatlanganlar yoki halok bo`lganlar haqida hech qanday ma`lumot berilmagan.

Janubiy Afrika shaxtalari dunyodagi eng chuqur va eng havfli sanaladi. 2014 yilning fevral oyida bir yarim kilometr chuqurlikda 9 kishi qolib ketgan edi. Ulardan 8 nafari halok bo`lgan.
 
Shuningdek, 2012 yilda mamlakat shaxtalarida ummumiy 112 kishi halok bo`lgan.  

    Boshqa yangiliklar