AsosiyShou-biznes

Ozodbek Nazarbekov konsertida deyarli barcha qo`shiqlar jonli ijroda bo`lishini ma`lum qildi

Bugungi kun tomoshabinlari chindan ham talabchan. Konsert ko`rgani borar ekan, shunchaki sevimli xonandasi bilan diydor ko`rishib, qo`shiq tinglab qaytishni istamaydi. Balki qo`shiqqa monand raqslarni tomosha qilib yayrashni, kutilmagan sahna bezaklaridan lol qolib, konsertni uzoq eslab yurishni hohlaydi.

Ayni shu sababdan ijodkorlar yildan-yilga konsert dasturlarini boyitishga harakat qilishmoqda, deya [url=http://ozodbek.uz/]xabar beradi san`atkorning rasmiy sayti. O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning o`tgan yilgi konserti ham rango-rang qo`shiqlari, ajoyib ijro, shuningdek sahnaga o`rnatilgan ekranlar va umuman butun dasturda uyg`unlik mavjud bo`lgani bilan yodda qolgan. Ozodbek Nazarbekov erishilganlarda to`xtab qolmasdan, bu yilgi konserti oldingilaridanda esda qolarli bo`lishiga intilmoqda. Konsert dasturiga kiritilgan va o`z ishinnig ustalari tomonidan tayyorlanayotgan shou muhlislarga yoqimli sovg`a bo`lishini ma`lum qildi.

"Lekin, albatta bu asosiysi emas, - deydi Ozodbek Nazarbekov, - ahir baribir konsertga chipta olishdan asosiy maqsad - hordiq chiqarish, yurakka o`rnashgan qo`shiqlarni tinglab, zavqlanish. Shuning uchun ham biz har yilgidek konsert dasturi uchun qo`shiq tanlashga alohida e`tibor bilan yondashyapmiz”.

Hozirda xonandaning [url=http://ozodbek.uz/]saytida qo`shiqlar uchun ovoz berish jarayoni yo`lga qo`yilgan.

Ma`lum bo`lishicha, Ozodbek Nazarbekov konsertda muxlislar uchun qadrdon bo`lib qolgan qo`shiqlardan tashqari, ko`plab yangi taronalarni ham ijro etish niyatida. Aynan ijro etish. Zero, konsertda deyarli barcha qo`shiqlar jonli ijroda muxlislar e`tiboriga havola etiladi. 

    Boshqa yangiliklar