1

Shikoyat bilan murojaat qilgan fuqaroga moddiy yordam ajratishga va`da berishdi

Jamiyat 17.02.2014, 12:52
Shikoyat bilan murojaat qilgan fuqaroga moddiy yordam ajratishga va`da berishdi
Bir nafar farzandim bor, onam bilan yashaymiz. Onam ipak tola sexida farrosh bo`lib ishlaydi. O`zim va qizimning sog`lig`i yomonligi sabab davolanishga muhtojmiz. Shu bois mahalladan moddiy yordam so`rab murojaat qildim. Ular esa 14 yoshgacha bo`lgan nafaqa olishimni pesh qilishmoqda. 39 ming pul nimaga ham etardi deb, qayta-qayta murojaat qildim. 2013 yilda yozgan bir arizam yo`qqa chiqdi, keyin oktyabr va noyabrda ham so`radim. Avval taqsimotda, pul kelsa, beramiz deyishdi, keyin esa o`ylab ko`ramiz, deb javob berishdi. Ammo hanuzgacha masala hal etilgani yo`q. Yoki rostdan ham nafaqa puli olayotganlar moddiy yordam olish huquqiga ega emasmi? (Sayyora Navro`zova, Xorazm viloyati, Urganch shahri)


Ushbu masala yuzasidan Respublika Mahalla XJFga murojaat qildik. Va bizga Mahalla XJF Urganch shahar bo`linmasi raisi A.Yusupov imzosi bilan javob taqdim etildi. Unga ko`ra, Urganch shahar, Ulug`bek ko`chada yashovchi S.Navro`zovaning arizasi maxsus ishchi guruhi tuzilib atroflicha o`rganib chiqilgan.

Aniqlanishicha, S.Navro`zova Urganch shahar 11-son E.Rahim MFYdan farzandiga 14 yoshgacha nafaqa puli olayotganligi hamda moddiy yordam olish uchun taqdim qilgan hujjatlari to`g`ri kelmaganligi (oilasida boqimanda borligi) sababli moddiy yordam berish rad qilingan. 2013 yil moddiy yordam so`rab yozgan arizasiga binoan esa, Vazirlar Mahkamasining 2013 yil avgust oyida umumxalq xayriya hashari munosabati bilan, S.Navro`zovaga ham kam daromadli oilalarga tarqatilgan sovg`alardan ajratilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 7 avgustdagi 494-f-sonli farmoyishiga asosan o`tkazilgan umumxalq xayriya hasharidan Mahalla XJF Urganch shahar bo`linmasi hisob raqamiga tushgan mablag`larni sarflash taqsimotining 6-bandiga asosan, fuqaro S.Navro`zova arizasiga binoan imkoniyat darajasida moddiy yordam ajratilishini bildiramiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1