19.02.2014 14:24
G`ulomjon Yoqubov Dildora Niyozovadan konsert kunlarini o`zgartirishni talab qildimi?
Bu yil xonanda Dildora Niyozova G`ulomjon Yoqubovdan avval otni qamchilagan chog`i. Niyozova konsert dasturini 1-2 martda qo`yadigan bo`ldi. Ma`lumotlarga qaraganda, Yoqubov Niyozovadan ranjigan va konsert kunlarini o`zgartirishni talab qilgan.
Ayni shu masala yuzasidan G`ulomjon Yoqubovga qo`ng`iroq qilganimizda, xonandaning ma`muri tarqalgan ma`lumotlar mutlaqo noto`g`riligi, xonanda ayni damda Hindiston safarida ekanini ma`lum qildi.





