​BUXORODA BEMORDAN JARROHLIK AMALIYoTI UChUN 4 MILLION SO`M TALAB QILGAN ShIFOKOR QO`LGA OLINDI

Jinoyat 21.11.2017, 11:35
​BUXORODA BEMORDAN JARROHLIK AMALIYoTI UChUN 4 MILLION SO`M TALAB QILGAN ShIFOKOR QO`LGA OLINDI

Buxoro viloyati IIBning ma`lum qilishicha, Qashqadaryo viloyati Kasbi tuman Yuksalish qishlog`i 8-uyda yashovchi, 1990 yilda tug`ilgan Erkin To`xtaev sog`ligini tiklash uchun Buxoro viloyatidagi Onkologiya dispanseriga murojaat qiladi.

Unga shifokorlar tomonidan jiddiy tashxis qo`yilgandan keyin jarrohlik amaliyoti orqali kasallikni bartaraf etish mumkinligi tushuntiriladi. O`zini qiynayotgan darddan xolos bo`lish umidi uyg`ongan To`xtaev jarrohlik amaliyotiga rozi bo`lganda, shifoxonada jarroh sifatida faoliyat yuritayotgan Umidjon Mamedov undan jarrohlik amaliyotini o`tkazish uchun 4 million so`m pulni talab qiladi.

Ta`magir shifokorning ushbu talabidan norozi bo`lgan Erkin To`xtaev huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib, nafsi hakalak otgan shifokorga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`raydi.

Bemorning arizasi yuzasidan xodimlar tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida, Olimxo`jaev ko`chasi 1-uyda yashovchi, 1975 yilda tug`ilgan, Buxoro viloyat Onkologiya dispanseri vrachi Mamedov Umidjon Sunnatovich Buxoro viloyat Onkologiya dispanserida davolanayotgan E.H.To`xtaevni davolash jarayonida jarroxlik amaliyotini o`tkazish uchun 4 mln. so`m pul talab qilib, xizmat xonasida 1.000.000 so`m pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan birga jinoyat ustida qo`lga olinadi.

Mazkur holat yuzasidan U.Mamedovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 214-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1