AsosiyJAMIYAT

Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilariga murojaat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat maktablarini tamomlayotgan bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigida ularni “so‘nggi qo‘ng‘iroq” bayrami bilan qutladi.

'Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilariga murojaat qildi'ning rasmi

Davlat rahbari bu yil 472 ming nafar o‘g‘il-qiz maktabni bitirayotganini, ular Yangi O‘zbekistonning eng katta ishonchi va tayanchi ekanini ta’kidladi.

Prezidentga ko‘ra, joriy yil ilk bor 11 ming nafardan ziyod bitiruvchi maktabni oltin va kumush medal bilan tamomlamoqda. Shuningdek, 171 nafar yosh dunyoning yetakchi universitetlariga qabul qilingan.

Murojaatda mehnat bozorida talablar tez o‘zgarayotgani, shu bois yoshlar kamida bitta xorijiy til va zamonaviy kasbni egallashi zarurligi qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik qilish istagidagi yoshlar uchun banklar tomonidan 25 trillion so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilayotganini, startap loyihalar uchun esa 100 million dollar mablag‘ tayyorlanganini aytdi.

Prezident o‘z murojaatida kitobxonlik masalasiga ham alohida to‘xtalib, “kitob — nur, ilm va ibrat manbai” ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, u Javohir Sindorov, Nodirbek Abdusattorov va Abduqodir Husanov kabi yoshlarning yutuqlarini misol qilib keltirdi.

Murojaat yakunida davlat rahbari bitiruvchilarni doimo olg‘a intilishga chaqirib, ularga baxt va omad tiladi.

    Boshqa yangiliklar