AsosiyDUNYO

Kiyevda kuchli portlashlar yuz berdi

Moskva hujumni “javob chorasi” deb atadi

'Kiyevda kuchli portlashlar yuz berdi'ning rasmi

Rossiya Ukraina hududiga qarshi keng ko‘lamli raketa hujumini amalga oshirdi. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, zarbalar harbiy boshqaruv obyektlari, aviabazalar hamda mudofaa-sanoat korxonalariga qaratilgan.

Bayonotda aytilishicha, hujumda “Oreshnik” ballistik raketasi, “Iskander” aeroballistik majmuasi, “Kinjal” gipertovushli raketasi va “Sirkon” qanotli raketasidan foydalanilgan.

Kiyev va boshqa shaharlarda portlashlar kuzatildi

24 mayga o‘tar kechasi Ukraina poytaxti Kiyev va mamlakatning qator shaharlarida kuchli portlashlar sodir bo‘lgan. Mamlakat bo‘ylab raketa xavfi e’lon qilingan.

Kiyev meri Vitaliy Klichkoning ma’lum qilishicha, poytaxtning deyarli barcha tumanlarida vayronagarchilik qayd etilgan. Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmati esa Kiyev viloyatining bir nechta hududida ham zarar yetganini tasdiqlagan.

Hujumda gipertovushli va qanotli raketalar qo‘llangan

  • Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, zarbalarda:
  • “Oreshnik” ballistik raketalari;
  • “Iskander” aeroballistik majmualari;
  • “Kinjal” gipertovushli raketalari;
  • “Sirkon” qanotli raketalari;
  • havo, dengiz va quruqlikdan uchiriluvchi raketalar;
  • hamda zarbdor dronlar ishlatilgan.

Rossiya tomoni “barcha belgilangan obyektlar yo‘q qilingani”ni da’vo qilmoqda.

Medvedev: hujumga Starobelskdagi zarba sabab bo‘ldi

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Ukraina tomonidan Luganskdagi Starobelsk kolleji yotoqxonasiga berilgan zarba Moskva tomonidan keskin javob qaytarilishiga sabab bo‘lganini aytdi

Rossiya iddaosiga ko‘ra, 22 may kuni Ukraina Qurolli kuchlari Lugansk xalq respublikasidagi Starobelsk professional kollejiga hujum qilgan. Oqibatda 21 kishi halok bo‘lgan, 40 dan ortiq odam jarohatlangan.

Putin hodisani terrorchilik harakati deb atadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mazkur hujumni “terrorchilik harakati” deb baholagan va Mudofaa vazirligiga javob choralarini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berganini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Rossiya armiyasi “Oreshnik” raketa tizimidan uchinchi marta foydalanmoqda.

    Boshqa yangiliklar