AsosiyJamiyat

​NAVOIY VILOYaTI SARHISOBI: DAVOMAT 91 FOIZ, BANDLIK BO`YIChA TIZIM YO`Q, BA`ZI TUMANLARDA JINOYaTChILIK OShGAN...

'​NAVOIY VILOYaTI SARHISOBI:  DAVOMAT 91 FOIZ, BANDLIK BO`YIChA TIZIM YO`Q, BA`ZI TUMANLARDA JINOYaTChILIK OShGAN...'ning rasmi

O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quranbaev feysbukdagi rasmiy sahifasida bu haqda ma`lum qildi. Ma`lum qilinishicha, viloyat idoralararo kengashi yig`ilishida yoshlar faoliyatiga mas`ul rahbarlar natijasi sarhisob qilingan.

Yoshlar masalalari bo`yicha Navoiy viloyat idoralararo kengashining navbatdagi yig`ilishini viloyat hokimi, idoralararo kengashi raisi Kobul Tursunov olib bordi.

Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish sohasida hokimliklar, Ichki ishlar organlari, Yoshlar ittifoqi, mahallalar va boshqa tashkilotlarning faoliyatini o`rganish yakunlari bo`yicha hududlarda yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan manzilli choralar belgilash yo`lga qo`yilmaganligi sababli Navoiy, Zarafshon shaharlarida Karmana, Navbahor, Qiziltepa tumanlarida sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilindi va ko`payganligi tanqid ostiga olindi.

Barcha tumanlarda uzoq muddatga chet elga chiqib ketganlar to`g`risida ma`lumotlar bazasi shakllantirilgan bo`lsada, migrant yoshlar kategoriyasi alohida ajratilmagan, ular bilan individual ishlash bo`yicha tizimli ishlar olib borish oqsoqlanib borayotganligi, chet eldan qaytgan hamda jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan yoshlar bilan yakka tartibda suhbatlar olib borilib, amaliy natijaga erishilmagan, ularning bandligini ta`minlash borasidagi ishlar talab darajasida emasligi ta`kidlab o`tildi.

Davomat-ta`lim samaradorligi va sifatining asosidir. Lekin bu borada ham viloyatda davomatning 91% ekanligi achinarlidir.

Barcha hokimlar joylarda har oyda yoshlar vakillari bilan uchrashib, ochiq muloqotlarni tashkil etish, yoshlarning taklif va muammmolarini adolatli hal qilish borasida tizimli ishlar olib borilishiga alohida e`tibor berish lozimligi shart qilib qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar