AsosiyJamiyat

SOATBEK SOYIBJONOV: “XATOLARIMNI TUZATAMAN. IShONChNI OQLAYMAN”

'SOATBEK SOYIBJONOV: “XATOLARIMNI TUZATAMAN. IShONChNI OQLAYMAN”'ning rasmi

Yoshlar ittifoqi kafilligi ostida yana bir yosh jazodan ozod etildi!

Soatbek Soyibjonov Andijon viloyati, Baliqchi tumani, O`rtaqo`rg`on mahallasi, Ulug`bek ko`chasi 2-uyda istiqomat qiladi. 1993 yil 22 fevralda tug`ilgan. Soyibjonov Soatbek 2014 yildan 2016 yilga qadar Baliqchi tuman “Ulug`bek” shaxobchasida ombor hisobchisi vazifasida ishlagan.

Joriy yilning noyabr oyida unga nisbatan “Ulug`bek” shahobchasi omboridan kamomat aniqlanganligi bois, Jinoyat kodeksini 167-moddasi bilan hujjatlarni soxtalashtirish aybi qo`yilgan va jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Ushbu jinoyat ishida O`zbekiston yoshlar ittifoqi Baliqchi tuman Kengashi Jinoyat ishlari bo`yicha Baliqchi tuman sudiga murojaat qilib, sud jarayonida ishtirok etishni so`radi. Murojaat qondirildi.

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Baliqchi tuman Kengashining tavsiyasiga, amaldagi qonunlarga tayangan holda, Yoshlar ittifoqining kafilligi ostida Jinoyat ishlari bo`yicha Baliqchi tuman sudi Soatbek Soyibjonovga engillashtirilgan intizomiy jazo chorasini qo`lladi.

— O`zbekiston yoshlar ittifoqi hozirgi kunda yoshlarning dardi, g`am - qayg`ulari va muammolarini hal etishga qodir tashkilot ekanligiga yana bir bor amin bo`ldim. — Xatolarimni tuzataman. Ishonchni oqlayman. Prezidentimizga ming rahmat. Endi faqat halol ishlab, halol yashayman, — dedi Soatbek Soyibjonov.

Yoshlar ittifoqi kafilligi ostida Respublika bo`ylab 100 lab yoshlar muqarrar jazodan ozod etilmoqda.

    Boshqa yangiliklar