1

PAVOL IVANNING O`ZBEKISTONDAGI MISSIYaSI YaKUNLANMOQDA

Siyosat 13.12.2017, 10:32
PAVOL IVANNING O`ZBEKISTONDAGI MISSIYaSI YaKUNLANMOQDA

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining bergan xabariga ko`ra, 2017 yilning 12 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatda o`z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Slovakiya Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Pavol Ivanni qabul qilgan.

Suhbat chog`ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, deyiladi xabarda.

Uchrashuvda elchining 2013-2017 yillar mobaynida O`zbekistondagi samarali faoliyati natijasida ikki mamlakat o`rtasidagi hamkorlik har tomonlama rivojlanganligi va mustahkamlanganligi qayd etildi.

Elchi, o`z navbatida, O`zbekistondagi missiyasi uchun yaratilgan qulay sharoit va qo`llov uchun minnatdorchilik bildirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1