AsosiyJinoyat

Jizzaxda Janubiy Koreyaga ish va'da qilgan firibgar qo'lga olindi

Gumonlanuvchi ushbu xizmat evaziga jami 8 ming AQSh dollari talab qilgan.

'Jizzaxda Janubiy Koreyaga ish va'da qilgan firibgar qo'lga olindi'ning rasmi

Jizzax viloyatida fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga joylashtirishni vaʼda qilib, katta miqdorda pul talab qilgan shaxs tezkor tadbirda qoʻlga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament maʼlumotiga koʻra, gumonlanuvchi K. Z. fuqaroga Janubiy Koreyada ishlash imkoniyatini yaratib berishni vaʼda qilgan. Uning aytishicha, u Migratsiya agentligida yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari borligi bilan ishontirishga uringan.

Gumonlanuvchi ushbu “xizmat” evaziga jami 8 ming AQSH dollari talab qilgan. Tezkor tadbir davomida u oldindan 3 ming dollar avans olayotgan vaqtida qoʻlga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan firibgarlik moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar