ChILONZOR TUMANIDA QAYNSINGLISIGA TAN-JAROHATI ETKAZGAN YaNGA SUDLANADIGAN BO`LDI

Jinoyat 16.12.2017, 11:51
ChILONZOR TUMANIDA  QAYNSINGLISIGA TAN-JAROHATI ETKAZGAN YaNGA SUDLANADIGAN BO`LDI

Chilonzor tumanida o`tkazilayotgan “Tozalash-Antiterror” tadbirida Chilonzor tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan qaynsinglisiga tan-jarohati etkazgan yanga qo`lga olindi.

Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Chilonzor tumanida 6 dekabr kuni soat 21.00 larda, Chilonzor M-45-uyda, 1995 y.t., Samarqand viloyati, Samarqand shahar, Zebiniso ko`chasida yashovchi A.S., qaynsinglisi 1995 y.t., Chilonzor M-45-uyda yashovchi A.A.ni urib, tan-jarohati etkazganligi aniqlanib, ushlandi.

Sud-tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko`ra, fuqaro A.A. «sog`lig`ini qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan engil» tan-jarohati olgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.S.ga nisbatan Chilonzor tuman IIB tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 109-m. 2-q.(qasddan badanga engil shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1