1

YuNUSOBOD TUMANIDA “SPARK” AVTOMAShINASI OLIB BERAMAN DEB, ALDAB 26.400.000 SO`M PULINI OLGAN FIRIBGAR QO`LGA OLINDI

Jinoyat 16.12.2017, 11:58
YuNUSOBOD TUMANIDA “SPARK” AVTOMAShINASI OLIB BERAMAN DEB, ALDAB 26.400.000 SO`M PULINI OLGAN FIRIBGAR QO`LGA OLINDI

Yunusobod tumanida o`tkazilayotgan “Tozalash-Antiterror” tadbirida Yunusobod tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxs qo`lga olindi.

Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yunusobod tumanida 15 dekabr kuni soat 11.25 larda, Niyozbek yo`li ko`chasida, 1985 y.t., Farg`ona viloyati, Yozyovon tumani, A.Termiziy ko`chasida yashovchi X.A., 1977 y.t., Niyozbek yo`li ko`chasida yashovchi Sh.F.ga «Spark» avtomashinasi olib berishni va`da qilib, 26.400.000 so`m pulini aldab olib, o`z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlanib, ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro X.A.ga nisbatan Yunusobod tuman IIB tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-m. 2-q. bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1