1

​BUXORODA QAROVSIZ QOLDIRILGAN QO`Y-QO`ZILAR “OVChI”LARI QO`LGA OLINDI. ULAR ORASIDA AYoLLAR HAM BOR

Jinoyat 18.12.2017, 15:02
​BUXORODA  QAROVSIZ QOLDIRILGAN QO`Y-QO`ZILAR “OVChI”LARI QO`LGA OLINDI. ULAR ORASIDA AYoLLAR HAM BOR

G`ijduvon tuman IIBga, Jovgari MFY, Jovgari qishlog`ida yashovchi, Nurali Tilavov Usmonovich ariza orqali murojaat qilib, 2017 yil 25 noyabr kuniga o`tar kechasi soat 01:00 larda noma`lum shaxslar uning Zafarobod qo`rg`oni, Ko`kcha MFYda joylashgan qarovsiz qoldirilgan qo`rasidan jami bahosi 4.500.000 so`mlik 15 bosh qo`ylarini yashirin ravishda o`g`irlab ketganligini bildirgan edi.

Buxoro viloyati IIB ma`lumotiga ko`ra, Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni Navoiy viloyati, Karmana tumani, Do`stlik MFYda yashovchi, 1990 yilda tug`ilgan Navro`zov Zokir Sobirovich va uning jinoiy sheriklari Karmana tumani, Malikrabot MFYda yashovchi, 1968 yilda tug`ilgan Navro`zova Muhabbat Yo`ldoshevna, Navbahor tumani, Sovungar MFYda yashovchi, 1984 yilda tug`ilgan Nurov Zavqiddin Aliqulovich, Karmana tumpani, Yoshlik MFYda yashovchi, 1987 yilda tug`ilgan Hamroeva Gulshan Boltaevna hamda Karmana tumani, Sardor MFYda yashovchi, 1980 yilda tug`ilgan To`xsonov Jahongir Norpo`lotovichlar tomonidan sodir qilinganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Z.Navro`zov, M.Navro`zova, J.To`xsonov, Z.Nurov va G.Hamroevalarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1