1

​SURXONDARYoDA QIMORBOZLAR UShLANDI

Jinoyat 18.12.2017, 15:08
​SURXONDARYoDA QIMORBOZLAR UShLANDI

Bu haqda Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati ma`lumotiga tayanib, O`zA muxbiri Xolmo`min Mamatrayimov xabar bermoqda.

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatidan bu xabarni eshitdimu, qimorbozlik uchun sharoit yaratib bergan shaxs va qimorbozlarga jazo muqarrar ekanini bilmaydiganlar hali ham bormikan, degan o`y o`tdi xayolimdan. Afsuski, bor ekan.

Masalan, yaqinda Muzrabot tumani ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan tumanning Yangi hayot mahallasida istiqomat qiluvchi N.J. o`zi yashab turgan uyda buning uchun sharoit yaratgani fosh etildi. Tungi soat 23.00 da o`z uyida bir guruh gumashtalari bilan pul tikib qimor o`ynayotganida qo`lga tushdi. O`rtaga tikilgan 1 million 600 ming so`mdan ziyod pul va uch pachka karta ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirilib, N.Jga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1