Qashqadaryo viloyatining Ko'kdala tumanida ikkita Nexia va bitta «KamAZ» yuk mashinasi ishtirokida yirik yo'l-transport hodisasi sodir bo'ldi. Avariya 24 may kuni soat 14:20 atrofida Qarshi–Yettitom yo'nalishidagi D-150 avtomobil yo'lida yuz bergan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Nexia rusumli avtomobillarning qattiq shikastlangani, "KamAZ" esa yo'l chetida ag'darilib yotganini ko'rish mumkin. Kadrlar hodisa juda kuchli zarba bilan sodir bo'lganini ko'rsatmoqda.
Bir nafar yo'lovchi jarohat oldi
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, YTH oqibatida Nexia-2 avtomashinasi yo'lovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan haydovchi va yo'lovchilarga jiddiy zarar yetmagan.
YTHga noto'g'ri quvib o'tish sabab bo'lgan
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan dastlabki surishtiruv harakatlari davomida Nexia avtomashinasi haydovchisi transport vositalarini noto'g'ri quvib o'tishga urinagani aniqlangan. Aynan shu harakat avariyaga sabab bo'lgani aytilmoqda.
Hozirda holat yuzasidan qo'shimcha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.






