1

18 YoShLI QIZNING TELEFONIDA O`ZINING BEHAYo VIDEOLARI BORLIGI ANIQLANDI

Jinoyat 04.01.2018, 13:47
18 YoShLI QIZNING TELEFONIDA O`ZINING BEHAYo VIDEOLARI BORLIGI ANIQLANDI

«Moskva—Qarshi» yo`nalishidagi 624-sonli aviareys bilan Qarshi xalqaro aeroportiga qo`ngan samolyot yo`lovchilaridan biri — Olga Bogdasarovaning yuklari bojxona nazoratidan o`tkazilganida uning Samsung telefoni xotirasida O`zbekiston hududiga olib kirilishi taqiqlangan 134 dona pornografik mazmundagi videolar borligi aniqlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi

Shuningdek, telefondan Qarshi shahar 1-mikrorayonida istiqomat qiluvchi 18 yoshli fuqaro Olga Bogdasarova (ism-familiyalar o`zgartirilgan) o`zining behayo xatti-harakatlarini yillar davomida tasvirga olib, saqlab kelayotgan bir nechta videolari ham topilgan.

Yakunda tegishli sud idorasining qaroriga ko`ra, yuqoridagi huquqbuzarlik holatlarini sodir etgan fuqaro Olga Bogdasarovaga nisbatan jarima jazosi belgilandi. Huquqbuzarlik ashyosi hisoblangan telefon apparati davlat egaligiga o`tkazildi hamda uning xotirasidagi behayo lavhalar belgilangan tartibda yo`q qilinishi ta`minlandi.

Ma`lumot o`rnida aytish joiz, 2017 yilning o`tgan davrida Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan 81 ta holatda 8 ming 701 dona pornografik mazmundagi videolavha, karta va suratlarning bojxona chegaralari orqali mamlakatimizga olib kirilishining oldi olindi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1