Avstraliya bosh vaziri Toni Ebbot Malaysia Airlines aviakompaniyasiga tegishli yo`qolgan Boeing qidiruv zonasida tutilgan signallar yo`qolgan laynerning qora qutisiga tegishli ekanligini aytmoqda, deya xabar beradi Avstraliyaning ABC teleradiokompaniyasi.
Biz qidiruv zonasini anchaga qisqartirdik va ushbu signallar qora qutiga tegishli ekaniga ishonamiz, - deydi Ebbot.
Bosh vazirning qayd etishicha, signallar vaqt o`tgan sari yo`q bo`lib ketmoqda. Biz signallar yo`q bo`lgunicha ko`proq ma`lumot olishga umid qilamiz,- deya qo`shib o`tdi vazir.
Payshanba kuni Avstraliyaning Orion samolyoti qidiruv hududida suv ostidan kelayotgan radiosignallarni ushlagan. Avvalroq ushbu signal yo`qolgan layner qora qutisidan kelayotgani xabar qilingan edi. Undan avval esa Avstraliyaning Ocean Shield harbiy kemasi qidiruv hududida ikkita signal ushlagan edi.