“O`zbekiston pochtasi” AJ 2018 yilning 16 yanvar kuni 2 ta pochta markasini e`lon qildi
“O`zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlangan va O`zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan muomalaga kiritilgan “O`zbek oshxonasi” turkumidan ikkita pochta markasi o`rin oldi.
Pochta markalari ofset usulida bosilgan bo`lib, bir necha ranglardan tashkil topgan. Markalarning o`lchami 37x37 mm bo`lib, 8 ming nusxada chop etilgan.






