Oliy o`quv yurtlari talabalari qishki sessiya arafasida turibdi. Sinov jarayonlari, imtihonlar natijalari talabalar uchun qanchalik muhim ekanini ularning o`zidan ko`ra yaxshiroq anglaydigan odam bo`lmasa kerak. Chunki reyting ballariga qarab stipendiya beriladi.
O`zbekiston Respublikasi davlat statistika qo`mitasi rasmiy saytida mamlakatimizdagi oliy ta`lim muassasalarida stipendiya oluvchi talabalarning reyting ballari bo`yicha taqsimoti ma`lum qilindi.
Oliy ta`lim muassasalaridagi jami stipendiya oluvchilarning 18 ming 972 nafari maksimal reyting baliga ega bo`lgan talabalar (86-100 %), 65 ming 123 nafari yuqori reyting baliga ega bo`lgan talabalar (71-85 %), 189 ming 809 nafari o`rta reyting baliga ega bo`lgan talabalar (55-70 %)dir.






