1

Toshkentda soxta YHXB xodimi qo`lga olindi

Jamiyat 22.01.2018, 10:34
Toshkentda soxta YHXB xodimi qo`lga olindi

Shanba 20 yanvar kuni soat 14:30 larda “Sergeli” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YHXB xodimlariga, fuqaro murojaat qilib, Binokor ko`chasidagi avtomobil yo`lida avtomashina xaydovchilarini to`xtatib, ularning hujjatlarini tekshirayotgan YHXB xodimi unda shubha uyg`otganligini ma`lum qilgan.

Ushbu xabarga asoslanib, Toshkent shahar IIBB xodimlari yuqorida ko`rsatib o`tilgan joyga borgan vaqtlarida, haqiqatdan ham fuqaro Ruzmatov Azizbek Ashiralievich, ichki ishlar organi xodimlarining xizmat kiyimida, go`yoki YHXB xodimi sifatida avtoulovlarni to`xtatish bilan shug`ullanayotganligi aniqlangan.

A.A.Ruzmatov tekshirilgan vaqtda, u aslida YHXB xodimi emasligi ma`lum bo`lgan va undan jezl, radioaloqa vositasi, xushtak, YHXB xodimining qalbaki ko`krak nishoni va qalbaki ma`muriy huquqbuzarlik bayonnomalari borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.A.Ruzmatovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Eslatib o`tamiz, ushbu yilning boshida O`zbekiston Ma`muriy javobgarlik kodeksi 209−1-modda bilan to`ldirilgan edi. Unga ko`ra davlat xizmatchilarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish uchun eng kam oylik ish haqining besh baravarigacha jarima belgilangan edi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1