AsosiyJamiyat

Davlat idoralariga yo`llangan petisiyalar yuzasidan chora ko`rish majburiy bo`ladi

'Davlat idoralariga yo`llangan petisiyalar yuzasidan chora ko`rish majburiy bo`ladi'ning rasmi

2018 yilda O`zbekistonda fuqarolarning davlatni boshqarishda ishtirok etishga bo`lgan huquqini ro`yobga chiqarishning yangi mexanizmi sifatida elektron jamoaviy murojaat qilish – petisiya yo`llash tizimi joriy qilinadi.

Bu O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 22 yanvardagi Farmoni bilan qabul qilingan “Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida ko`zda tutilgan.

Ushbu tizim fuqarolarga davlat hokimiyatining vakillik organlariga aniq savollar qo`yish imkonini beradi. Tegishli organlar esa fuqarolarning ma`lum soni tomonidan ma`qullangan murojaatlar yuzasidan chora ko`rishi shart bo`ladi.

Endilikda faol fuqarolar va jamoat tashkilotlari turli muammolar echimi bo`yicha tashabbus ko`rsatishlari mumkin. Shu orqali "Mamlakat hayotiga aloqador eng muhim qarorlar bevosita muloqot asosida qabul qilinadi", degan tamoyil amalda ro`yobga chiqariladi.

    Boshqa yangiliklar