“O`zbekiston havo yo`llari” MAK tomonidan 19 fevraldan 23 martga qadar foydalanuvchilarning ehtiyoji ortgani sababli Dubay (BAA)ga qo`shimcha reyslar yo`lga qo`yiladi.
Toshkent-Dubay-Toshkent yo`nalishi bo`yicha qo`shimcha parvozlar dushanba hamda juma kunlari Boeing 757 laynerlarida amalga oshiriladi.
Harakatlanish jadvali (mahalliy vaqt bilan):
Dushanba:
HY 333 Toshkent - 08:20’ Dubay - 10:55’
HY 334 Dubay - 12:55’ Toshkent - 17:10’
Juma:
HY 333 Toshkent - 08:20’ Dubay - 10:55’
HY 334 Dubay - 13:00’ Toshkent - 17:15’
Ayni damda «O`zbekiston havo yo`llari» MAK Dubayga haftasiga uch marotaba parvozlarni amalga oshirmoqda: chorshanba, payshanba va yakshanba kunlari.






