AsosiyJamiyat

Prezident Xotin-qizlar qo`mitasi faoliyatiga oid farmonni imzoladi

'Prezident Xotin-qizlar qo`mitasi faoliyatiga oid farmonni imzoladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning «Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmoni qabul qilindi.

Adliya vazirligining «Telegram»dagi «Huquqiy axborot» kanalida xabar berilishicha, farmon bilan xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida bir qator tadbirlar belgilandi.

Xotin-qizlar qo`mitasi raisi va uning hududiy bo`linmalari rahbarlari eng avvvalo:

-og`ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi bo`lgan ayollarni o`z vaqtida aniqlash, ular bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yo`naltirilgan ishlarni olib borish, ularni manzilli qo`llab-quvvatlash;

-xotin-qizlarning bandligini ta`minlash, ular o`rtasida oilaviy va xususiy tadbirkorlikni, hunarmandchilikni rivojlantirish bo`yicha amaliy choralarni amalga oshirish;

-xotin-qizlar o`rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini samarali tashkil etish, shu jumladan, ularning huquqiy madaniyatini oshirish va ma`naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga shaxsan javobgardir.


    Boshqa yangiliklar