AsosiyDunyo

Yaponiyada kuchli qor yog`ishi oqibatida to`rt kishi halok bo`ldi

'Yaponiyada kuchli qor yog`ishi oqibatida to`rt kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Yaponiyada kuchli qor yog`ishi oqibatida to`rt kishi halok bo`ldi, 48 kishi jabrlandi, deb xabar berdi «RIA Novosti».

Fikui prefekturasida uch kishi o`z avtomobili ichida zaharlanib o`lgan — mashinaning gaz chiqarish quvuri qor bilan to`lib qolgani sabab, mashina tutuni salonga urgan.

Yana bir kishi Niigata prefekturasida halok bo`lgan — u tomni qordan tozalayotgan vaqti, sirg`alib ketib, erga qulagan. Jami 48 kishi sirpanchiq yo`llarda yiqilib, tan jarohati olgan.

Xabar berishlaricha, Fukuida qorning qalinligi 1 metru 9 santimetrga etgan, Niigatada esa 1 metr 23 santimetrni tashkil etgan.

Yakshanba kuni mazkur hududlarda havo harorati +9...+10 darajagacha ko`tarilishi kutilmoqda — bu suv toshqinlari, qor ko`chkilari, sellarga sabab bo`lishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar