AsosiyDunyo

Kentukkida 4 kishini o`ldirgan erkak keyin o`z joniga qasd qildi

'Kentukkida 4 kishini o`ldirgan erkak keyin o`z joniga qasd qildi'ning rasmi

AQShning Kentukki shtatida to`rt kishini o`ldirgan erkak keyin o`z joniga qasd qildi, deb ma`lumot berdi Kentukki shtatining Jonson okrugi sherifi Facebook ijtimoiy tarmog`ida, deya xabar berdi Ria.ru nashri.

Shanba kuni Peynstsvill shahar 911 shoshilinch xizmatiga otishma bo`lganligi haqida xabar kelib tushgan. Xabardan keyin shoshilinch xizmat okrug sherifi Dveyn Prays bilan bog`langan. Voqea joyiga etib borgan sherif uylardan birining oshxonasida yotgan jasadlarni ko`rgan. Ular otib o`ldirilgan edi. Jinoyatchi esa voqea joyidan yashiringan edi.

Voqeaga guvoh bo`lgan odamning ma`lumot berishicha, jinoyatchi voqea joyidan qora rangli Toyota Camry avtomobilida qochib ketgan. Jinoyatchiga nisbatan okrugda qidiruv e`lon qilindi. Mashina turgan uyni tintuv qilgan Prays xonalardan birida yana ikki jasad borligini aniqladi. Bu erda u o`z joniga qasd qilgan jinoyatchining jasadiga ham duch keldi.

“Bir kishi to`rt kishining hayotiga zomin bo`lganligini ko`rish juda og`ir. Huquq-tartibot idoralarida 34 yildan beri ishlayman. Bu xizmat faoliyatim davomida bo`lib o`tgan eng dahshatli jinoyatdir...” dedi Prays.


    Boshqa yangiliklar