Buyuk Britaniya poytaxtining kattaligi bo`yicha beshinchi o`rinda turuvchi “ London-Siti” aeroporti Temza daryosidan topilgan ikkinchi jahon urushi davriga tegishli bomba tufayli vaqtincha yopib qo`yildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
“Bomba topilgandan so`ng qirol Georg V dokida London polisiyasi tomonidan 214 metrlik xavfsizlik hududi yaratildi va natijada “London-Siti” aeroporti yopildi” deya xabar berdi Havo bandargoxi o`zining Twitter sahifasida.
Aeroport mamuriyati parvozni amalga oshiruvchi yo`lovchilarga batafsil ma`lumot olish uchun aviokompaniyaga murojat qilishni maslahat berishmoqda.
Skotland-Yard esa o`z navbatida bomba yakshanba kuni 05.06 da topilganini va voqea joyiga mutaxassislar yuborilganini, 22.00 da esa hududni o`rab olish va aeroportni yopish haqida tezkor qaror qabul qilinganini xabar berdi.






