AsosiyDunyo

Maks Pens AQSh ning KXDR bilan muzokaralarga tayyorligini bildirdi

'Maks Pens AQSh ning KXDR bilan muzokaralarga tayyorligini bildirdi 'ning rasmi

AQSh vise-prezidenti Maks Pens Vashington KXDR ga bosim o`tkazishda davom etishini, biroq muzokaralarga tayyor ekanligini ta`kidladi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

U The Washington Post nashriga bergan intervyusida “ Maksimal bosim o`tkazish bo`yicha kampaniya davom etadi va yanada kuchliroq bo`ladi. Bu haqda bilishni istasangiz, gaplashamiz”, dedi Pens.

Pensga “Pxenyandan sanksiyalar olib tashlanishi uchun qanday yo`l tutish kerak?” degan savolga “ Bilmadim, shuning uchun ham muzokaralar olib borish lozim”, deya javob berdi.

AQSh ning rasmiy pozisiyasi shundaki, KXDR yadroviy va raketa dasturlaridan voz kechishi va ana shundan so`ng Vashington muzokara olib borishga rozi bo`lishidadir.

Oldinroq Rossiya va Xitoy Shimoliy Koreyaga yadroviy sinovlar va raketa uchirishlariga moratoriy e`lon qilishni, Janubiy Koreya va AQSh ga esa hududda harbiy mashg`ulotlar olib borishdan tiyilishni taklif qilgan edi. Biroq Vashingtonga bu fikr xush kelmagan edi.

    Boshqa yangiliklar