Suriyaning Afrin shahrida bir sutkada 103 nafar, butun harbiy operasiya davomida 1369 ta terrorchi yo`q qilingani xaqida dushanba kuni Turkiya harbiy kuchlari bosh shtabi xabar berdi, deb yozdi Ria.ru nashri.
" Zaytun novdasi” nomli harbiy operasiyasi davomida bir sutkada 103 nafar terrorchi yo`q qilindi. Operasiya boshlangandan beri yo`q qilingan jangarilar soni 1369 ga etdi”, - deya xabar berilmoqda Turkiya bosh shtabi bayonotida.
Harbiy havo kuchlari va quruqlik qo`shinlari qatnashayotgan operasiya maxsus rejaga asoslangan holda davom etayotgani ta`kidlab o`tildi.
Turkiya harbiy kuchlarining bosh shtabi 20 yanvar kuni Afrindagi Qurd xarbiy bo`linmalariga qarshi “Zaytun novda” operasiyasini boshlayotganini e`lon qilgan edi. Turkiya bilan bir vaqtda “Suriya ozodlik armiyasi” jangarilari ham harakat qilmoqda.
Damashq Turkiyaning bu xarakatlarini qoralayotganini va Afrin Suriyaning ajralmas bir qismi ekanligini ta`kidlab o`tdi. Moskva Afrindagi holat yuzasidan har ikki tomonni vazminlikka va Suriyaning hududiy yaxlitligini hurmat qilishga chaqirdi.






