AsosiyDunyo

Parasetamolning zararli ekanligi ma`lum bo`ldi

'Parasetamolning zararli ekanligi ma`lum bo`ldi 'ning rasmi

Tarkibida parasetamol bo`lgan dorilarni qabul qilish reproduktiv funksiyalarning buzilishi va homilaning rivojlanishidagi muammolarni yuzaga keltirishi ma`lum bo`ldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Olimlar olib borgan tadqiqotlarda 18 yoshdan katta bo`lgan 455 ko`ngilli qatnashd. 1880 evropalik egizaklar va kelib chiqishi afroamerikalik ispanlarga borib taqalgan 1235 nafar odamning arxiv materiallari tekshiruvdan o`tkazildi.

Mutaxassislarning aniqlashicha , tarkibida parasetamol bo`lgan dorilarni qabul qilgan bemorlarning barchasida organizmning gormonal darajadagi 35 yil mobaynida qarishiga teng bo`lgan jinsiy gormonlarning kurib qolishi kuzatildi.

Maqolada takidlanishicha, bunaqa klinik xolat platsenta disfunksiyasiga va jinsiy funksiyalarning buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari, parasetamolni homiladorlik paytida qabul qilish homilaning tushib qolishi va embrion asab tizimining rivojlanishi bilan bog`liq muammolar paydo bo`lishi xavfini oshiradi.

Parasetamol issiqlikni tushiruvchi keng tarqalgan analgetik xisoblanadi. G`arb davlatlarida bu preparat Acetaminophen (APAP) nomi bilan ataladi.

    Boshqa yangiliklar