1

Koreyada ishlab qaytganlar Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligiga kelishlari so`raladi

Jamiyat 13.02.2018, 16:17
Koreyada ishlab qaytganlar Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligiga kelishlari so`raladi

Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi orqali Koreya Respublikasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilib, O`zbekistonga qaytib kelgan fuqarolar agentlikka kelishlari so`raladi.

Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi orqali Koreya Respublikasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilgan fuqarolar bilan agentlik o`rtasida imzolangan xizmat ko`rsatish shartnomalarida fuqarolar Koreya ish beruvchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddati yakunlangandan so`ng 10 (o`n) ish kuni ichida O`zbekistonga qaytib kelishi va 30 (o`ttiz) kalendar kuni ichida “o`z yurtiga qaytgan shaxs” sifatida ro`yxatga olinish uchun agentlikka kelishi shartligi belgilangan.

Agentlikdan ma`lum qilinishicha, O`zbekiston Respublikasiga qaytgan bo`lsada, agentlikka kelib ro`yxatdan o`tmagan fuqarolarni agentlikka kelib ro`yxatdan o`tishini, aks holda ularga nisbatan O`zbekiston Respublikasida belgilangan ish haqining bir barobari miqdorida jarima qo`llaniladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1