1

Chekka tumanlarda kӯzi ojizlar uchun maxsus kutubxonalar ochiladi

Jamiyat 13.02.2018, 16:29
Chekka tumanlarda kӯzi ojizlar uchun maxsus kutubxonalar ochiladi

Qoraqalpog`iston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika ko`zi ojizlar kutubxonasi direktori Alima Axetova kutubxonaning Nukus shahri, To`rtko`l, Ellikqal`a, Kegeyli tumanlarida filiallari ochilishi to`g`risida ma`lumot berdi.

Kutubxonalar tuman markazlaridagi madaniyat va aholi dam olish markazlari binosida faoliyat yuritadi.

Bunday filiallarni tashkil etishdan asosiy maqsad, ko`zi ojiz insonlar va ular oila a`zolarining bilim olish darajasini oshirish, kutubxona ishini kuchaytirish, kutubxona fondi, o`quv-uslubiy, badiiy-adabiy, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shtatlar birligida ko`rsatilgan tajribali mutaxassislar bilan ta`minlash ishlarini amalga oshirishdan iborat.

Kutubxonalar gapiruvchi, tekis bosmali va Brayl shriftidagi adabiyotlar bilan ta`minlanadi.

Ma`lumot o`rnida aytib o`tish joiz, bu kabi kutubxona filiallari avval Chimboy, Xo`jayli, Amudaryo, Qo`ng`irot, Beruniy tumanlarida ochilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1