1

​Muhim xabar! Pasport tizimi va propiska masalalari bo`yicha ​yangilik va engillik​lar

Jamiyat 13.02.2018, 16:44
​Muhim xabar! Pasport tizimi va propiska masalalari bo`yicha ​yangilik va engillik​lar

Pasport tizimi va propiska masalalari bo`yicha Adliya vazirligi tomonidan muhim qarorlar loyihalari tayyorlandi

Xususan, loyihalarda:

— pasport olish, ta`lim olish, mehnat qilish va boshqa huquqlarni amalga oshirishda propiska bilan bog`liq cheklovlarni bartaraf qilish;
— doimiy yoki vaqtincha propiskasiz (yashash joyi bo`yicha hisobga turmagan) fuqarolarni ishga qabul qilishni rad etish bilan bog`liq amaliyotga barham berish;
— voyaga etmagan shaxsning belgilangan muddatda pasport olmaganligi uchun ma`muriy javobgarlikni bekor qilish;
— mehnat munosabatlari jarayonida pasport tizimi qoidalariga rioya etmaganlik uchun ish beruvchining ma`muriy javobgarligini bekor qilish;
— mavsumiy ishlarga (qurilish, qishloq xo`jaligi va boshqa sohalarda) jalb qilinganlarni vaqtinchalik ro`yxatga olish tizimini soddalashtirish, ular uchun uy-joy ijarasi, uy-joydan tekin foydalanish bitimini tuzish talabini bekor qilish;

— Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bo`lgan fuqarolar uchun ko`chmas mulk sotib olish bo`yicha amaldagi talablarni soddalashtirish;

— Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bo`lmagan fuqarolar uchun asossiz spekulyasiyaning oldini olish choralarini ko`rgan holda ikkilamchi bozordan ko`chmas mulk sotib olishga bo`lgan cheklovlarni bekor qilish;
— ichki turizmni rivojlantirish maqsadida vaqtincha propiskasiz (yashash joyi bo`yicha hisobga turmasdan) bo`lish muddatini uzaytirish;
— vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo`yicha hisobda turmasdan yashaganlik, yashashga yo`l qo`yganlik uchun ma`muriy jazo choralarini engillashtirish nazarda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1