AsosiyJamiyat

«Avtotest» MChJning monopol huquqlarini bekor qilish bo`yicha Hukumat qarori loyihasi tayyorlanmoqda

'«Avtotest» MChJning monopol huquqlarini bekor qilish bo`yicha Hukumat qarori loyihasi tayyorlanmoqda'ning rasmi

Adliya vazirligi tomonidan avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va malakasini oshirish bo`yicha Avtotest’ning monopol huquqlarini bekor qilish bo`yicha hukumat qarori loyihasi tayyorlanmoqda. Bu haqda vazirlikning Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanalida ma`lum qilindi.

Loyihada haydovchilarni tayyorlash va malakasi oshirish faoliyati bilan shug`ullanish huquqini qonunchilikda belgilangan talablarga javob beradigan barcha xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga berish ko`zda tutilmoqda.

Shuningdek, yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalari haydovchilariga o`rnatilgan malaka oshirishga oid talabni qisman bekor qilish masalasi ko`rilmoqda. Davriy ravishda haydovchilik malakasini oshirish talabini faqat tijorat sifatida yo`lovchi va yuk tashish bilan shug`ullanuvchi shaxslarga nisbatan qoldirish taklif qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar