AsosiyJamiyat

Soliq kodeksining yangi tahriri ishlab chiqiladi

' Soliq kodeksining yangi tahriri ishlab chiqiladi'ning rasmi

Prezidentning 13.02.2018 yildagi “Soliq qonunchiligini tubdan takomillashtirish bo`yicha tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risidagi farmoyishi imzolandi. Hujjat matni O`zAda joylashtirilgan.

Hujjat bilan Respublika komissiyasi va ishchi guruhlar tuzildi, ularga etakchi olim va yuqori malakali mutaxassislar – ekspertlar, tadbirkorlik tuzilmalari va jamoat tashkilotlari vakillarini jalb qilgan holda quyidagilar topshirildi:

2018 yil 1 aprel kuniga qadar - Soliq-byudjet siyosatini takomillashtirish konsepsiya loyihasini ishlab chiqish;

2018 yil 1 iyul kuniga qadar - Soliq kodeksi yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.

Tegishli me`yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda quyidagilarga:

  • umume`tirof etilgan xalqaro norma va standartlar talablari hamda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga javob beradigan normalar yaratilishi;
  • soliq nazoratining xorijda keng qo`llanilayotgan ilg`or va sinalgan shakl va usullarini joriy etishni hisobga olgan, jumladan, xalqaro ekspert va maslahatchilarni jalb qilgan holda soliq ma`muriyatchiligi mexanizmlarini qayta ko`rib chiqish;
  • respublika strategik manfaatlari hamda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning bugungi bosqichini hisobga olgan holda, soliq sohasidagi xalqaro-huquqiy normalarni milliy soliq qonunchiligiga implementasiya qilish, shuningdek, samarali davlat soliq siyosatini amalga oshirish;
  • soliqqa tortish va soliq ma`muriyatchiligi masalalarini tartibga soluvchi me`yoriy-huquqiy hujjatlardan ikki xil talqin qilinishi mumkin bo`lgan normalarni chiqarib tashlash maqsadida ularni inventarizasiya qilish;
  • to`g`ridan-to`g`ri amal qiluvchi normalarni ko`paytirgan holda, soliq qonunchiligini unifikasiya qilish;
  • soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, soliq ma`muriyatchiligini takomillashtirish hamda soliq to`lovchilar huquqlarining himoyasini izchil ta`minlash;
  • soliqlar yig`iluvchanligi darajasini oshirish, Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg`armalariga soliq va yig`imlarning to`liq hajmda tushishini ta`minlash, soliqqa tortilishdan bo`yin tovlash imkoniyatini istisno qilish;
  • xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning umumiy soliq yukini pasaytirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va xizmat ko`rsatish sohasida soliqlarning rag`batlantiruvchi rolini kuchaytirish, resurslardan oqilona va tejamli foydalanishni ta`minlash, samarasiz soliq va yig`imlarni bekor qilish;
  • kichik va yirik biznes sub`ektlarining soliq yukini maksimal darajada barobarlashtirishga xizmat qiladigan usullarni joriy etish;
  • xorij mamlakatlarining ilg`or tajribasini hisobga olgan holda amaldagi soliqqa tortish tizimini tanqidiy o`rganish asosida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ini hisoblab chiqish mexanizmini soddalashtirish;
  • “soliq imtiyozi” va “soliq preferensiyasi” tushunchalarini aniq chegaralash, vaqtincha imtiyoz berish muddatlarini belgilash, shuningdek, samarasiz va eskirgan soliq imtiyozlarini qayta ko`rib chiqish va bekor qilish;
  • tadbirkorlarga biznesning o`rta muddatli istiqbolda rivojlanishini asosli ravishda prognoz qilish imkoniyatiga ega bo`lishlari uchun soliq tizimining barqarorligini ta`minlashga alohida e`tibor qaratish zarur.

Mazkur hujjatning to`liq matni, sharhlar va u bilan bog`liq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan yaqin vaqtda «O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

    Boshqa yangiliklar