AsosiyJamiyat

Qishloq xo`jaligi vazirligi Qishloq xo`jaligi va Suv xo`jaligi vazirliklariga bo`lindi

'Qishloq xo`jaligi vazirligi Qishloq xo`jaligi va Suv xo`jaligi vazirliklariga bo`lindi'ning rasmi

O`zbekiston Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi Qishloq xo`jaligi vazirligi va Suv xo`jaligi vazirligiga ajratildi. Bu haqda «Gazeta.uz" ma`lum qildi.

2016 yil dekabridan qishloq va suv xo`jaligi vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Zoyir Mirzaev ushbu lavozimni tark etdi. U bosh vazir o`rinbosari — Qishloq va suv xo`jaligi, qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi lavozimidagi faoliyatini davom ettiradi.

Hukumatdagi axborot manbasi bergan ma`lumotlarga ko`ra, bunga qadar O`zbekiston Fermerlar kengashi, 2009−2015 yillarda — Namangan viloyati ma`muriyati rahbari bo`lib ishlagan Bahodir Yusupov Qishloq xo`jaligi vazirligiga rahbar bo`ldi.

Suv xo`jaligi vaziri lavozimiga esa bunga qadar Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi rahbarining suv xo`jaligi masalalari bo`yicha sobiq o`rinbosari bo`lgan Shavkat Hamroev tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar