AsosiyJamiyat

Ispaniyaning qator kompaniyalari vakillaridan iborat delegasiya Oqsaroyga tashrif buyurdi

'Ispaniyaning qator kompaniyalari vakillaridan iborat delegasiya Oqsaroyga tashrif buyurdi    'ning rasmi

Ispaniyaning bir qator kompaniyalari vakillaridan iborat bo`lgan delegasiya Mustaqil O`zbekiston asoschisi Islom Karimovning yorqin xotirasiga hurmat bajo etish uchun Oqsaroy qarorgohiga tashrif buyurdi. Bu haqda Islom Karimov Fondining Facebook’dagi sahifasi ma`lum qildi.

Mehmonlar Birinchi Prezidentning haykali poyiga gul qo`ydi, so`ngra Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag`ishlangan badiiy ko`rgazma bilan tanishdi.

Delegasiya a`zolari Prezident Karimov mamlakat uchun murakkab bo`lgan davrda tinchlik, barqarorlik va millatlararo totuvlikni saqlab qola olgani, O`zbekistonning taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor qo`yganini alohida ta`kidladi.

Tadbirda Prezident Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova, Ilmiy-ma`rifiy yodgorlik majmuasi hamda Islom Karimov Fondi vakillari ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar