O`zbekistonda davlat idoralari xodimlariga qulay mehnat sharoitlari yaratish borasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Namangan viloyati shahar va tumanlar hokimlarining ijtimoiy masalalar bilan shug`ullanuvchi o`rinbosarlarining faolligi, tashabbuskorligini yanada oshirish maqsadida ularga xizmat mashinalari ajratildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi va nutq so`zladi.
Shundan so`ng Namangan shahri va tumanlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosarlariga «Neksiya-3» avtomashinalari kalitlari tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.










