Farg`ona viloyati tomonidan Qirg`izistonning Botken viloyatiga ikkita "tez yordam" mashinasi sovg`a qilindi. Bu haqda uznews.uz xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, "tez yordam" mashinalari ikki xalq o`rtasidagi o`zaro do`stlik va ahillikni mustahkamlash maqsadida tuhfa qilingan.
Mashinalardan biri Botken shahri aholisi uchun, ikkinchisi esa Qadamjoy tumanidagi Jani-Jer qishlog`idagi umumiy shifokorlar amaliyot markazi uchun xizmat qiladigan bo`ldi.
O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasidagi munosabatlar tobora rivojlanib va mustahkamlanib bormoqda. O`tgan bir yarim yil davomida ikki davlat rahbarlari va rasmiy doiralari vakillari bir necha bor uchrashdi, O`zbekiston va Qirg`iziston delegasiyalarining o`zaro tashriflari amalga oshirildi.
Shuningdek, mamlakatlar o`rtasida avtobus va aviaqatnovlarni yo`lga qo`yish, hamkorlikda qo`shma korxonalar tashkil etish va chegaralar borasida kelishuvlarga erishildi.






