«O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasi joriy yilning 4 martidan boshlab Toshkent-Ostona-Toshkent yo`nalishida to`rtinchi muntazam qatnovni yo`lga qo`yadi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, parvozlar yakshanba kunlari «A320» samolyotlarida quyidagi jadval bo`yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):
Yakshanba: HY-721 Toshkent 18:10 - Ostona 21:10
Yakshanba: HY-722 Ostona 22:10 - Toshkent 23:10
Eslatib o`tish kerak, hozir «O`zbekiston havo yo`llari» MAK Ostonaga muntazam yo`lovchi qatnovlarini haftasiga uch marta dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshirmoqda.






