AsosiyJamiyat

Mahalla instituti bo`yicha hukumat qarori qabul qilindi

'Mahalla instituti bo`yicha hukumat qarori qabul qilindi'ning rasmi

Mahalla institutining yanada samarali faoliyat yuritishini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi kanalida xabar berilgan.

Mazkur qaror bilan davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari ularning o`zaro bog`liq bo`lgan vazifa va funksiyalarini inobatga olgan holda fuqarolar yig`inlaridagi jamoatchilik tuzilmalariga biriktirildi.

Masalan, mahallalardagi Yarashtirish komissiyalarga O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi, Ichki ishlar vazirligi, O`zbekiston musulmonlari idorasi ko`mak beradi.

Xuddi shunday Tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo`yicha komissiyaga esa Adliya vazirligi, Savdo sanoat palatasi, O`zbekiston Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi hamda tijorat banklari biriktirilgan.

Davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan jamoatchilik tuzilmalariga uslubiy amaliy ko`maklashishning asosiy yo`nalishlari qatorida mahallalarda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vazifalarining ijrosini ta`minlash, faoliyat yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda jamoatchilik tuzilmalari rolini oshirish belgilangan. Shu maqsadda har yili tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

Qarorga ko`ra jamoatchilik tuzilmalari rahbarlari malakasini oshirish bo`yicha o`quv seminarlari tashkil etiladi, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan mahallalardagi jamoatchilik tuzilmalari a`zolari fuqarolar yig`ini raisi tavsiyasiga asosan moddiy va ma`naviy rag`batlantirib boriladi.

Hujjatning to`liq matni bilan www.lex.uz orqali tanishish mumkin.

    Boshqa yangiliklar