«O`zbekistonda «O`zbekiston iqtisodiy axborotnomasi» («Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana») jurnali yopiladi», - deb xabar berdi «Sputnik».
Shu paytgacha bir necha nomlarda chop etib kelingan jurnalning ilk soni 1919 yilda dunyo yuzini ko`rgan.
Ma`lum bo`lishicha, Prezident Shavkat Mirziyoev «O`zbekiston iqtisodiy axborotnomasi» jurnali tahririyati« davlat unitar korxonasini tugatish to`g`risidagi qarorni imzolagan.
Jurnalning birinchi soni 1919 yilda «Turkiston xalq xo`jaligi» («Narodnoe xozyaystvo Turkestana») nomi ostida nashrdan chiqqan edi. Bugungi kungacha jurnalning nomi olti marta o`zgargan. Jurnal O`zbekiston Iqtisodiyot vazirligi tasarrufida bo`lgan.
«Prezident qarorida jurnalni yopish sabablari aytilmagan. Ammo buning sabablari aniq – jurnal zararga ishlagan va faqatgina davlat ko`magida, xususan, obunaga yordam qilinishi hisobiga chop etib kelingan. Biroq bugunga kelib majburiy obuna o`tmishga aylanmoqda va aksariyat gazeta-jurnallar moliyaviy qiyinchilikka duch kelmoqda», deyiladi xabarda.