1

Moskvada vannada selfi qilmoqchi bo`lgan ayol halok bo`ldi

Dunyo 19.02.2018, 13:48
Moskvada vannada selfi qilmoqchi bo`lgan ayol halok bo`ldi

Moskva shahrida yashovchi 42 yoshli ayol vannada quvvatlantirishga qo`yilgan telefonda selfi qilmoqchi bo`lganda, tok urishi oqibatida halok bo`ldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Nashrning xabar berishicha, voqea 7 fevral kuni kechqurun yuz bergan. Qo`li sovun bo`lgan ayol quvvatlantiruvchi moslamaga ulangan telefonni suvli vannaga tushirib yuborgan. Ayolning vannadan chiqmaganligidan xavotirlangan o`g`li eshikni buzib kirganda, ayol vanna ichida hushsiz yotgan. Etib kelgan tez yordam xodimlari ayolning o`limini qayd etishgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1