AsosiyJamiyat

1000 kilogramm og`irlikdagi beshbarmoq tayyorlanadi

'1000 kilogramm og`irlikdagi beshbarmoq tayyorlanadi'ning rasmi

4 mart kuni Qirg`izistonning Ala-Too maydonida Oq qalpoq kuni munosabati bilan festival tashkil etiladi. Mazkur tadbirda Ginnes rekordlar kitobiga kirish maqsadida 1000 kilogramm og`irlikdagi beshbarmoq tayyorlash rejalashtirilgan.

Qirg`izlarning mazkur milliy taomini pishirishda ushbu davlatdagi barcha elat vakillari qatnashadi. Festivalda, shuningdek, milliy libos kiygan ikki yuz kishilik tantanali namoyish o`tkaziladi.

Tadbirga mamlakat bosh vaziri, Jogorku Kenesh spikeri, Bishkek shahri meri hamda elchilar kelishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar