AsosiyJamiyat

Samarqanddagi yong`inda bir yoshli bola yonib ketdi

'Samarqanddagi yong`inda bir yoshli bola yonib ketdi'ning rasmi

Samarqand viloyatining Payariq tumanida 18 fevral soat taxminan 11:50da Usmon Yusupov ko`chasi 20-uyda yashovchi F.B.ning uyida yong`in sodir bo`lgan.

Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan. Yong`in oqibatida esa, uyining 40 kv.m. maydonida, shift qismi va uy-jihozlari yonib zarar ko`rgan.

Yong`in o`chirish vaqtida, F.B.ning uyida mehmonda bo`lgan nabirasi, 2017 yilda tug`ilgan A.A.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Shuningdek Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida 18 fevral soat taxminan 04:55da, Ko`prikboshi MFY Payvasta ko`chasi 75-uyda yashovchi, 1959 yilda tug`ilgan A.M.ning uyida yong`in sodir bo`lgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan. Yong`in oqibatida uyining 30 kv.m. maydonida tomi, shifti va uy-jihozlari yonib zarar ko`rgan hamda yong`in o`chirish vaqtida A.M.ning birga yashagan o`g`li, 1985 yilda tug`ilgan D.Mning kuygan holdagi jasadi topilgan.

    Boshqa yangiliklar