1

Talonchilik, bosqinchilik va hatto qotillik: Venesuela yo`llarida uzoq yuk tashuvchilar qanday jon saqlamoqda?

Dunyo 20.02.2018, 20:29
Talonchilik, bosqinchilik va hatto qotillik: Venesuela yo`llarida uzoq yuk tashuvchilar qanday jon saqlamoqda?

Venesuelada, mana, beshinchi yildirki, moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etmoqda. Bo`m-bo`sh muzlatkichlar fuqarolarni katta yo`llardagi yuk mashinalariga hujum qilishga majbur etmoqda. Xo`sh, Venesuelaning o`ta xavfli yo`llaridagi uzoqqa yuk tashuvchilar qanday jon saqlaydi? Bu haqda News.tut.by ma`lum qiladi.

Yarim tun. Yaqindagina And tog`lari yonidan yig`ib olingan 20 tonnali sabzavot yuklangan yuk mashinasi Venesuela poytaxti Karakasga yo`nalgan ekan, Lotin Amerikasining eng xavfyli yo`lidan o`tishiga to`g`ri keladi. 900 kilometrli masofani bosib o`tishini o`ylar ekan, venesuelalik uzoqqa yuk tashuvchi Umberto Agilar nafaqat tovar, balki o`zining ham joni xavf ostida ekanini anglaydi.

Umberto Agilar yuk mashinasidagi sabzavotlarni arqon bilan mahkamlamoqda. Tovar Karakasga eltib beriladi. 2018 yil, 29 yanvar.

Agilar bir necha kun avval yo`lda to`xtagan yuk mashinalari karvoniga yuzlab kafando`zdlar tashlanganida dahshatga tushganini so`zlab berdi. Ular sut, guruch va shakarni olishgan, ammo qimmatbaho sabzavotlarga teginishmagan.

“Har safar oilam bilan xayrlashar ekanman, o`zimni Rabbimga topshiraman”, – deydi 36 yoshli uzoqqa yuk tashuvchi.

Umberto Agilarning yuk mashinasiga tovar yuklanayotgan bir paytda qorni och bolakay savatdagi mandarinlarga tikilmoqda.

Venesuelada yuk mashinalariga qilingan hujumlar mahsulot va transportirovkaning qiymatini oshiradi, bu esa mamlakatdagi inqirozni giperinflyasiyaga olib chiqadi.

Ishchilar piyozni jo`natishdan avval saralashmoqda. La-Grita. 2018 yil, 29 yanvar.

Shuning uchun ham yuk mashinasini haydovchilar imkon qadar manzilga tezroq etib olishga harakat qilishadi va mashinalarni tez haydashadi.

Andres Perniya old oynasi tosh bilan urib sindirilgan yuk mashinasida elmoqda.

Hatto bir safar yo`lda Agilarning chakkasiga to`pponcha ham tirashgan ekan.

Nima bo`lganda ham Agilar oilasini boqish uchun har qanday qiyinchiligu to`siqlarni engib o`tishga harakat qilmoqda.


900 kilometrli xavfli yo`l


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1